Yer va mulk munosabatlari bo‘limi
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qurish uchun ajratilgan yer uchastkasini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda kompensatsiya mablag‘larini to‘lash bo‘yicha hujjat va ma’lumotlarni belgilangan tartibda qabul qilish va rasmiylashtirish;
Tegishli korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan qurilish hududidagi kesilishga tushgan o‘simlik dunyosi kompensatsiya mablag‘larini to‘lash bo‘yicha hujjat va ma’lumotlarni belgilangan tartibda qabul qilish va rasmiylashtirish;
Qurilish hududidagi buzilishga tushgan turar joylar, noturar joylar, bino va inshootlarni amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda kompensatsiya mablag‘larini to‘lash uchun tegishli hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish.
BO‘LIMNING FUNKSIYALARI
Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- obyektni qurish uchun ajratilgan yer uchastkasini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda kompensatsiya mablag‘larini to‘lash uchun tegishli hujjatlarni to‘g‘riligini ko‘rib chiqish;
- obyektni qurish uchun ajratilgan yer uchastkasini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda kompensatsiya mablag‘larini to‘lash uchun tegishli viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari bilan shartnoma loyihalarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish;
- obyektning qurilish hududidagi kesilishga tushgan o‘simlik dunyosini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holda kompensatsiya mablag‘larini to‘lash uchun tegishli idora va tashkilotlar bilan shartnoma loyihalarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish;
- hisoblangan kompensatsiya mablag‘i qiymatini amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 oktyabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi 290-sonli qarori asosida aniqlanganligini tekshirish;
- obyektning qurilish hududidagi buzilishga tushgan turar joylar, noturar joylar, bino va inshootlarni shartnomada nazarda tutilgan holda kompensatsiya mablag‘larini to‘lash va buzish ishlari yakunlangunga qadar doimiy monitoring yuritish;
- hisoblangan kompensatsiya mablag‘i qiymatini amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 97-sonli qarori asosida aniqlanganligini tekshirish;
- obyektning qurilish hududidagi buzilishga tushgan turar joylar, noturar joylar, bino va inshootlarni amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xolda kompensatsiya mablag‘larini to‘lash uchun mulk egalari (yoki tegishli viloyat, tuman, shahar hokimliklari) bilan shartnoma loyihalarini tuzish va ramiylashtirish;
- kompensatsiya mablag‘larini to‘lash uchun to‘lovga taqdim etilgan dalolatnomalarni tekshirish va qabul qilish;
- shartnomalar bajarilishini monitoringini amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 97-sonli qarorining II bandi 9 va 10-xatboshisiga asosan uylar (kvartiralar), imoratlar va inshootlarni, shuningdek, olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi ko‘p yillik dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan ariza beruvchining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi va baholash to‘g‘risidagi hisobot Komissiyaga beriladi.
- Bo‘lim yoki bo‘lim mutaxassislari baholash jarayonida ishtirok etmaydi va baholash hisobotiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega emas (baholashda arifmetik xatolar aniqlangan hollar bundan mustasno).