info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Tarkibiy bo'limlar

Asosiy/ Direksiya / Tarkibiy bo'limlar

Ishlab chiqarish–texnik bo‘limi

Bo`limning asosiy vazifaari quyidagilardan iborat:

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida dastlabki yechimlar va variantlarni qabul qilish bo‘yicha loyihachi korxonalar tomonidan taqdim etilgan prizentatsiyalarni ko‘rib chiqishda qatnashish;

Tasdiqlangan manzil ro‘yxatlarga asosan obyektlardagi bajarilgan qurilish-montaj ishlari ish hajmlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari ish hajmlaridan kamayib  borish yig‘ma (накопителных ведомост) jadvalini tuzib borish; 

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini ish hajmlarini, qoldiq qiymatini hisoblash va uni qayta hisoblash jarayonlarida ishtirok etish;

Yo‘l ishlari dasturlariga kiritilgan avtomobil yo‘llarida pudratchi korxonalar tomonidan olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini Texnik kuzatuv bo‘limi tomonidan qabul qilingan bajarilgan ishlar hajmi va qiymati to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma, hisob-fakturalarni shu obyektlarga tegishli tasdiqlangan loyiha smeta hujjatlari asosida ko‘rib, o‘rganib chiqish.

Bo‘limning asosiy funksiyalari

Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda Direksiyaning boshqa mas’ul bo‘limlari bilan, loyihachi korxonalar tomonidan qilinayotgan prezintatsiyalarda qatnashish;

Loyihachi korxonalari tomonidan loyihalanyotgan obyektlar uchun taqdim qilingan loyihalarning chizmalarini, jumladan; yo‘l planini, ko‘ndalang va bo‘ylama kesimlarini, yo‘l qoplamasi turlarini, yo‘l jihozlarini va boshqa chizmalarni ko‘rib chiqish va tegishli takliflar berish;

Tasdiqlangan manzil ro‘yxat va loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektlardagi bajarilgan qurilish-montaj ishlari ish hajmlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari ish hajmlaridan kamayib  borish yig‘ma (накопителных ведомост)  jadvalini tuzib borish;

Ushbu yig‘ma jadvalni to‘ldirish jarayonida, texnik kuzatish bo‘limi va pudratchi korxonalar mutaxassislari ishtirok etib, shuningdek ular tomonidan taqdim qilingan imzolangan to‘lov hujjatlari va ijro hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Zarur bo‘lganda Direksiyaning boshqa bo‘limlaridan ma’lumot olinadi;

Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini ish hajmlarini, qoldiq qiymatini hisoblash (akt inventarizatsiya) tuzishda va uni qayta hisoblash jarayonlarida ishtirok etish;

Ob’yektlardagi bajarilgan qurilish-montaj ishlarini ish hajmlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari ish hajmlaridan kamayib  borish yig‘ma (накопителных ведомост) jadvaliga asosan, qoldiq qiymatini hisoblash dalolatnomasi (akt inventarizatsiya) ni tuzishda ishtirok etadi;

Yo‘l ishlari dasturlariga kiritilgan avtomobil yo‘llarida pudratchi korxonalar tomonidan olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini Texnik kuzatuv bo‘limi tomonidan qabul qilingan bajarilgan ishlar hajmi va qiymati to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma, hisob-fakturalarni, shu ob’yektlarga tegishli tasdiqlangan loyiha smeta hujjatlariga mosligini  o‘rganib chiqish;

Qurilish-montaj ishlari davomida, tasdiqlangan loyiha smeta hujjatlaridagi kamchiliklar va o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda, Texnik kuzatuv bo‘limi va boshqa mas’ul bo‘limlar tomonidan taqdim qilingan asoslangan hujjatlar asosida o‘rganib chiqib taklif kiritadi;

Bo‘lim oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, amaldagi qonunlarga asosan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa