info@direksiya.uz (71) 237-32-04 9:00 dan 18:00 gacha

Tarkibiy bo'limlar

Asosiy/ Direksiya / Tarkibiy bo'limlar

Shartnomalar va tanlov savdolarini tashkil etish bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini tashkil etish va o‘tkazish;

-  Tanlov savdolari natijalari bo‘yicha hisobatlarni tayyorlash va belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

- Tanlov (tender) savdosi g‘olibi bilan pudrat shartnomalarini tuzish;

- Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash bo‘yicha Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlari bilan belgilangan pudratchi tashkilotlar bilan pudrat shartnomalarini tuzish;

- Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash ishlari manzil ro‘yxatlarini shakllantirishda ishtirok etish;

- Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va to‘la ta’mirlash ishlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini ish hajmlarini, qoldiq qiymatini hisoblash va uni qayta hisoblash jarayonlarida ishtirok etish. Qayta hisoblash hujjatlarini rasmiylashtiradi.

 

BO‘LIMNING FUNKSIYALARI

Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

-umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash manzil ro‘yhatiga kiritilgan ob’yektlar bo‘yicha tanlov (tender) savdolari tashkilotchisini belgilangan tartibda aniqlash va u bilan tanlov (tender) savdolari hujjatlarini tayyorlash va tanlov savdolarini tashkil etish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;

- tanlov (tender) savdolari tashkilotchisi ishlarini nazorat qiladi va ular tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lovga taqdim etilgan dalolatnomalarni tekshiradi, qabul qiladi va rasmiylashtiradi;

- tanlov (tender) komissiyasi tarkibi bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritadi;

- tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni tashkillashtiradi va unga tegishli bo‘lgan hujjatlarni (shartnomalar, buyruqlar, hisobatlar va shu kabi) tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;

- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash bo‘yicha tanlov savdolari g‘olibi hamda Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlari bilan belgilangan pudratchi tashkilotlar bilan pudrat shartnomalarini tuzish uchun lozim bo‘lgan barcha hujjatlarni jamlaydi, to‘g‘riligini ko‘rib chiqadi va  pudrat shartnomalari loyihasini ishlab chiqadi va rasmiylashtiradi;

- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘la ta’mirlash ishlari manzil ro‘yxatlarini shakllantirish uchun Qurilish va rekonstruksiya bo‘limiga tegishli ma’lumotlarni beradi;

- bo‘lim tomonidan tayyorlanib, rasmiylashtirilgan barcha shartnomalarni ro‘yxatga oladi va bajarilishini nazoratga oladi;

- shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi va zarur darajada bajarilmaganligi uchun pudrat tashkilotlarga jarima (penya) to‘lash to‘g‘risidagi taklif kiritadi.

Tashkilot yangiliklari

Qayta aloqa